PDD Imtihon

180-band

180. Transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda roʻyxatdan va davlat texnik koʻrigidan oʻtkazilmagan yoki tegishli hujjatlarsiz transport vositalarini yoʻlga chiqarish; mastlik (giyohvandlik moddalar, alkogol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan, belgilangan muddatda tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qoʻyish; zanjirli traktorlarni va boshqa oʻziyurar uskunalarni harakatlanish uchun asfalt yoki sement-beton qoplamali yoʻllarga chiqarish.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar