175. Mexanik transport vositalarining (tramvaylardan, trolleybuslardan tashqari) va tirkamalarning koʻzda tutilgan joylarida tegishli namunadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqam belgilari oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr, chizigʻining yoʻgʻonligi 30 millimetrdan kam boʻlmasligi, harflar balandligi esa raqam oʻlchamlarining 2/3 qismiga teng boʻlishi kerak.
(175-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Tramvaylarga va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan roʻyxatga olingan raqamlar yoziladi.