PDD Imtihon

174-band

174. Yoʻl harakatida ishtirok etadigan transport vositalarining texnik holati va jihozlari Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Transport vositalarini DYHXXda roʻyxatdan oʻtkazish hamda egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Tashuvchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashi shart. (174-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar