12³. Agar velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yoʻlkasida individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxsning harakati piyodalarning harakatiga xavf tugʻdirsa yoki xalaqit bersa, u individual harakatlanish vositalaridan tushib, individual harakatlanish vositalarini yetaklagan yoki tezlikni piyodalar tezligidan oshmaydigan tezlikka pasaytirgan holda harakatni davom ettirishi kerak.
Individual harakatlanish vositalarini boshqargan shaxslarning harakatlanishi piyodalarning harakatlanishi bilan birlashganda, barcha holatlarda piyodalar ustunlikka (imtiyozga) ega.
Velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yoʻlkasida individual harakatlanish vositalarida harakatlanayotgan shaxslar boshqa mexanik transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
(12¹, 12²va 12³-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)