PDD Imtihon

7-band

7. Mexanik transport vositasining haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishi va IIO xodimlari talab qilganda ularga tekshirish uchun berishi shart: tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini, uning talonini (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi boʻlsa), haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hollarda vaqtincha ruxsatnomani; vaqtincha ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni; transport vositasini, mavjud boʻlganda tirkamani roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomani; (7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son) transport vositasining egasi boʻlmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklangan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar), shuningdek, haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisi mavjud boʻlganda transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) bundan mustasno; (7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2025-y., 09/25/458/0648-son) transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini (elektron koʻrinishda ham boʻlishi mumkin). “Nogironligi boʻlgan shaxs” taniqli belgisi oʻrnatilgan transport vositasini birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs boshqarayotganda nogironligini tasdiqlovchi hujjatni; qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda litsenziya guvohnomasini, yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani yoki yoʻl varaqasini, tashilayotgan yuk hujjatlarini; yuridik shaxslar transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yoʻlovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati. Xorijiy avtotransport vositalari haydovchilari esa qoʻshimcha: “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisidagi majburiyatnoma”ni; oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositasining majburiy yigʻim qabul qilinganligi haqidagi kvitansiyani. DYHXX xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar planshet orqali tekshiriladi: avtomototransport vositasidan foydalanish va uni tasarruf etish toʻgʻrisidagi ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan boʻlsa); avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma; transport vositasining texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot. Mexanik transport vositasi haydovchisining yonida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjati, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki yoʻl varaqasi, tashilayotgan yukning hujjatlar bundan mustasno), transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi haydovchidan talab etilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yonida boʻlgan haydovchilarning: haydovchilik guvohnomasi; transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari; avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma; transport vositasining texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni; transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi planshet orqali tekshiriladi (planshetda aniqlash imkoni boʻlmagan hamda favqulodda holatlar bundan mustasno).

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar