7.25. “Faqat xizmat avtomobillari”.
7.26 “Sunʼiy notekislik”.
Qoʻshimcha-axborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 — 7.2.4, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgilari qatnov qismining, yoʻl yoqasining, trotuarning tepasiga oʻrnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi.
Vaqtincha (koʻchma tirgakdagi) va doimiy belgilar maʼno jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha oʻrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yoʻl belgilari vaqtincha yoʻl belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yoʻl belgilari sariq rangda boʻladi.
Transport svetoforlari
Quyidagi transport svetoforlaridan foydalaniladi:
ishoralari tik joylashgan;
ishoralari yotiq joylashgan;
qoʻshimcha tarmoqli;
harakatlanishni maʼlum yoʻnalishlarda tartibga soluvchi;
reversiv;
tramvay va yoʻnalishli boshqa transport vositalarini harakatini tartibga soluvchi;
temir yoʻl kesishmalarda harakatlanishni tartibga soluvchi;
tartibga solinmagan chorraha va piyodalar oʻtish joylarini belgilaydigan;
korxona, tashkilot va qatnov qismi toraygan joylarda harakatlanishni tartibga soluvchi.
Piyodalar svetoforlari.
Quyidagi piyodalar svetoforlaridan foydalaniladi:
ishoralar tik joylashgan;
tovush ishorali;
qoʻl bilan boshqariladigan;
piyodalar harakatini tartibga soluvchi;
Elektron tablo yordamida boshqariladigan piyodalar svetofori;
Velosipedchilar svetoforlari.
Belgilangan tartibda oʻrnatilgan elektron yoʻl belgilari odatdagi yoʻl belgilari bilan bir xil kuchga ega boʻladi.
(tasvirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 805-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/805/1001-son)
(tasvirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)