PDD Imtihon

belgi 7.5.4

7.5.4. “Amal qilish vaqti”. Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni koʻrsatadi. 7.5.5 — 7.5.7. “Amal qilish vaqti”. Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni koʻrsatadi. 7.6.1 — 7.6.9. “Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini toʻxtab turishi uchun yoʻlning qatnov qismida, trotuar yoniga qoʻyish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi toʻxtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarin qoʻyish usulini bildiradi. (7.6.1 — 7.6.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar