PDD Imtihon

64-band

64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi. Tramvay yoʻli, ajratuvchi tasma, uzluksiz 1.1, 1.3 yoʻl chiziqlar yoki uzuq-uzuq tomoni chapda joylashgan 1.11 yoʻl chizigʻi bilan ajratilgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishga chiqish taqiqlanadi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar