PDD Imtihon

28-band

28. Zargʻaldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi hollarda yoqilgan boʻlishi kerak: yoʻlda qurilish, taʼmirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda; yoʻl harakatida qatnashayotgan, gabarit oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq boʻlgan, shuningdek, ogʻir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda; portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi oʻta yuqori boʻlgan moddalarni tashishda; umumiy foydalanishdagi transport vositasi yoʻllarida velosipedchilarning tashkiliy jamlanmasini kuzatib borishda. Yoqilgan zargʻaldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi. (28-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar