PDD Imtihon

25-band

25. Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan boʻlishi shart. Ular oʻzlariga yoʻl berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin. (25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son) Ushbu imtiyozdan tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari tomonidan kuzatib kelinayotgan transport vositalarining haydovchilari ham foydalanadilar. Kuzatib kelinayotgan transport vositalarida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan boʻlishi shart.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar