PDD Imtihon

170-band

170. Ot-aravalarda ularni toʻxtatib turadigan moslama va orqaga tisarilib ketishga yoʻl qoʻymaydigan tirgaklar boʻlishi kerak. Qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda harakatlanganda ot-aravaning old tomoniga oq rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich oʻrnatilishi kerak. Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yoʻldan koʻrinishi cheklangan joylarda yoʻlga chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qoʻyib yubormasligi kerak.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar