167. Velosiped individual harakatlanish vositalari tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz boʻlishi zarur. Sutkaning qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich yoki chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich yoki chiroq, yon tomonlariga esa, zargʻaldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.
(167-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Individual harakatlanish vositalari old tomonidan fara chiroqlari va orqa tomonida ogohlantirish chiroqlari yoki nur qaytargichlar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
(167-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Velosiped yoʻlkasi boʻlmagan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementli parchalari boʻlgan ustki kiyimda boʻlishi shart.
Ushbu nur qaytaruvchi elementli parchalar boshqa haydovchilar tomonidan koʻrinishi taʼminlanishi kerak.