PDD Imtihon

16-band

16. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yoʻlning qatnov qismida bir qatorda toʻrt kishidan ortiq boʻlmasdan, faqat transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab oʻng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq koʻtargan kuzatuvchilar boʻlishi shart. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yoʻlkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan faqat sutkaning yorugʻ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar