PDD Imtihon

Avariya ishorasi quyidagi hollardan qaysi birida yoqilishi kerak?

Javob variantlari

  1. A) To'xtash taqiqlangan joyda majburiy to'xtaganda — to‘g‘ri javob
  2. B) Har qanday to'xtab turishda
  3. C) Tunda aholi punktidan tashqarida harakatlanganda
  4. D) Chorrahaga yaqinlashganda

To‘g‘ri javob: A

To'xtash taqiqlangan joyda majburiy to'xtaganda

50-band ro'yxati: YTH, taqiqlangan joyda majburiy to'xtash, faradan ko'z qamashishi, shatakka olish, «Bolalarni tashish» belgili avtomobilga bolalar chiqib-tushishi.

Qoidada nima deyilgan

50 asosiy band

50. Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi. Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda; toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtaganda; fara chiroqlari yorugʻligi haydovchining koʻzini qamashtirganda; shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida); “Bolalarni tashish” taniqlik belgilariga ega boʻlgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda. Transport vositasi xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham haydovchi yoʻl harakati ishtirokchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak. (50-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)

Manba: lex.uz — aynan shu band

Shu mavzudan mashq qilish

20 savol · 25 daqiqa · topshirish uchun 18 ta to‘g‘ri javob