PDD Imtihon

Avtomagistralda quyidagilardan qaysi biri taqiqlanadi?

Javob variantlari

  1. A) Orqaga harakatlanish — to‘g‘ri javob
  2. B) Yengil avtomobilning chetki chap qatorda harakatlanishi
  3. C) Soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanish
  4. D) Yuk avtomobilining o'ng qatorda harakatlanishi

To‘g‘ri javob: A

Orqaga harakatlanish

121-band. Chetki chap qator faqat YUK avtomobillari uchun taqiqlangan, yengil avtomobil uchun emas.

Qoidada nima deyilgan

121 asosiy band

121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, kichik hajmdagi mototransport vositalari, traktorlar va oʻziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi; (121-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son) yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi; 5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash; ajratuvchi boʻlakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish; orqaga harakatlanish; transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.

Manba: lex.uz — aynan shu band

Shu mavzudan mashq qilish

20 savol · 25 daqiqa · topshirish uchun 18 ta to‘g‘ri javob