Tegishli yo'l belgilari o'rnatilgan maktabga yetmasdan va o'tib ketib 300 metr masofada ruxsat etilgan eng katta tezlik qancha?
To‘g‘ri javob: A
Soatiga 30 kilometr
78-band. 20 km/soat — turar joy dahalari uchun, ularni adashtirmang.
Qoidada nima deyilgan
78 asosiy band
78. Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetmasdan va oʻtib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. (78-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 09/23/140/0191-son)
Manba: lex.uz — aynan shu band
20 savol · 25 daqiqa · topshirish uchun 18 ta to‘g‘ri javob