PDD Imtihon

texnik 7.10

7.10. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan boʻlsa: M2, M3 toifadagi — favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha, tibbiyot qutichasi, 2 ta oʻt oʻchirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi — yoʻlovchilar salonida), majburiy toʻxtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va gʻildirakli traktorlarda tibbiyot qutichasi, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M3, N2, N3 toifadagi — oʻzi yurib ketishidan saqlovchi, gʻildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak; O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa oʻziyurar mashinalarda — tashqi nur qaytargichlar; kajavali mototsikllar va elektromototsikllarda — tibbiyot qutichasi, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi. (7.10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar