PDD Imtihon

texnik 3.6

3.6. Transport vositasida quyidagilar: old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zargʻaldoq rangdan boshqa rangli burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa; orqa qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli orqaga harakatlanish, oq rangdan boshqa roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqam belgilarini yorituvchi chiroqlar, sariq yoki zargʻaldoq rangdan boshqa rangli burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq, qizil rangdan boshqa rangli tashqi yoritgichlar, qizil rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa; yon qismida — sariq yoki zargʻaldoq rangdan boshqa rangli yoritgichlar, sariq yoki zargʻaldoq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa; velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich yoki chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich yoki chiroq, yon tomonlariga esa, zargʻaldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilmagan boʻlsa; Individual harakatlanish vositalari old tomonidan fara chiroqlari va orqa tomonida ogohlantirish chiroqlari yoki nur qaytargichlar bilan jihozlanmagan boʻlsa; (3.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son) yuk avtomobillari va tirkamalarning yon tomoniga zargʻaldoq rangli va orqa tomoniga qizil rangli kuzovning gabarit parametrlarini belgilab turuvchi nur qaytargichlar oʻrnatilmagan boʻlsa.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar