PDD Imtihon

chiziq 1.5

1.5 — ikki yoki uch tasmali yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq tasmali yoʻllarda tasmalarning chegaralarini va bir yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlagi bilan velosiped boʻlagi chegarasini bildiradi; 1.6 (yaqinlashish chizigʻi — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi; 1.7 (har bir chizigʻi qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi; 1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish boʻlagi bilan yoʻlning qatnov qismidagi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻxtaydigan joylarda va boshqalar);

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar