PDD Imtihon

belgi 3.34

3.34. “Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan”; (3.34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son) 3.35. Ekologik zona hududida “oʻrta” va “zararli” ekologik toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi taqiqlangan. 3.35 belgisi ekologik zona hududiga kirishdan 150 — 300 metr oldin oʻrnatiladi. (3.35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-noyabrdagi 750-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 09/25/750/1112-son) 3.1 — 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga, 3.2 — 3.8 belgilari taʼsir oraligʻida joylashgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, ushbu belgilar taʼsir oraligʻida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga taʼsir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak. 3.27. belgisi yoʻnalishsiz yengil taksilarga yoʻlovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida taʼsir qilmaydi; Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarni, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi boʻlganda 3.27 belgisining taʼsir doirasida toʻxtashga ruxsat etiladi. (3.17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son) 3.28 — 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas. 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining taʼsiri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular boʻlmaganda — aholi punktining oxirigacha taʼsiri qiladi. (Taqiqlovchi belgilarning qirq oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son) Yondosh hududlardan yoʻlga chiqish joylarida yoki yoʻlning dala, oʻrmon yoʻllari va boshqa doimiy harakatlanish, oʻtib ketish uchun moʻljallanmagan yoʻllar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʻqolmaydi. Aholi punktlariga yetmasdan oʻrnatilgan 3.24 belgisining taʼsiri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi. Belgilarning taʼsir doirasi aniqlashtirilishi mumkin: 3.16 va 3.26 belgilari uchun 7.2.1 qoʻshimcha axborot belgisi bilan; 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qoʻshimcha axborot belgisi orqali; 3.24 belgisining taʼsir oraligʻi undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi koʻrsatilgan 3.24 belgisini oʻrnatish bilan; 3.27 — 3.30 belgilarining amal qilish oraligʻi oxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qoʻshimcha axborot belgisi bilan birga takror oʻrnatiladi yoki 7.2.2 qoʻshimcha axborot belgisi bilan qoʻllaniladi. 3.27 belgisi 1.4 yotiq chizigʻi bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizigʻi bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin, bunda belgilarning taʼsir hududi yoʻl chizigʻi uzunligi bilan aniqlanadi. 3.10, 3.27 — 3.30 belgilari yoʻlning qaysi tomonida oʻrnatilgan boʻlsa, ularning taʼsiri faqat oʻsha tomonga amal qilinadi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar