89. Transport vositalarini yoʻlning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi boʻlmagan ikki gʻildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qoʻyishga ruxsat etiladi.
(89-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)
Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qoʻyishga ham ruxsat etiladi.
(89-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)
Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar, skuterlar, kichik hajmdagi mototransport vositalari, velosipedlar va individual harakatlanish vositalariga toʻxtab turishga 5.15 yoʻl belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qoʻshimcha axborot belgilaridan biri oʻrnatilgan joylarda ruxsat etiladi.
(89-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)