PDD Imtihon

45-band

45. Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va toʻxtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorugʻlik ishoralarini yoqishi, ular boʻlmaganda yoki ishlamaganda qoʻl bilan ishoralar berishi shart. Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qoʻlni yonga uzatish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish mos keladi. Oʻngga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga oʻng qoʻlni yonga uzatish yoki chap qoʻlni tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish mos keladi. Toʻxtash ishorasi chap yoki oʻng qoʻlni yuqoriga koʻtarib beriladi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar