PDD Imtihon

135-band

135. Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari oʻrniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: yoʻl yoritilgan boʻlsa; qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini vaqti-vaqti bilan oʻchirib-yoqib bunga zarurat borligini bildirgan hollarda undan ham koʻproq masofada; qarama-qarshi va bir yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilarining koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda. Koʻzi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish boʻlagini oʻzgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va toʻxtashi kerak.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar